Mahalliy «BALZAM» MCHJ kompaniyasi 2014 yil 1 sentyabrda tashkil etilgan.
Gippokrat aytdi: «Kasallikni davolashdan ko’ra oldini olish osonroqdir». Shifokor amaliyotiga tibbiyotning so‘nggi yutuqlari, diagnostika va davolashning yangi usullarini joriy etish barobarida kasalliklarning oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Bu borada “Balzam” mas’uliyati cheklangan jamiyati faol ish olib bormoqda. Ishlab chiqaruvchining portfelida yurak-qon tomir kasalliklari, jigar va oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish uchun tabiiy vositalar, vaznni nazorat qilish va vazn yo’qotish, gripp va o’tkir respiratorli infektsiyalarni davolash va oldini olish uchun preparatlar mavjud. Barcha dorilar GMP sifat standartlariga muvofiq ishlab chiqariladi.